14:25 / 29.02.2020
2 467

Pompeo AQSHning «Tolibon» harakati bilan bitim imzolash jarayonida ishtirok etadi

Pompeo AQSHning «Tolibon» harakati bilan bitim imzolash jarayonida ishtirok etadi
Foto: Reuters
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Vashingtonning «Tolibon» harakati vakillari bilan imzolanadigan bitimiga guvoh bo‘ladi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp bayonotida so‘z boradi.
Bundan tashqari, AQSH mudofaa vaziri Mark Esper Afg‘oniston hukumati bilan qo‘shma bayonot beradi.

Trampning ta’kidlashicha, «Tolibon» harakati a’zolari va afg‘on hukumati o‘z majburiyatlarini bajarsa, AQSH Afg‘onistonda urushni to‘xtatishi va harbiylarni uyiga qaytarishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tayotgan Afg‘oniston tinchlik muzokaralarida ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pompeo AQSHning «Tolibon» harakati bilan bitim imzolash jarayonida ishtirok etadi