22:54 / 17.02.2015
6 746

Mars One loyihasida Marsga uchishi mumkin bo‘lgan 100 kishi tanlab olindi

Mars One loyihasida Marsga uchishi mumkin bo‘lgan 100 kishi tanlab olindi

Mars One loyihasi tashkilotchilari Marsga uchadigan va u erda doimiy koloniya tashkil qilishda qatnashadigan nomzodlar sonini 100 nafargacha qisqartirdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Avvalgi bosqichdagi 660 kishining sinovi bilan loyihaning tibbiyot direktori Norbert Kraft shug‘ullangan. Keyingi bosqichga o‘tgan 100 kishining yarmi ayol, yarmi erkak bo‘lib, ularning yoshi 19 dan 60 gacha. Ulardan 33 nafari AQSh fuqarolari bo‘lsa, 31 evropalik, 16 osiyolik, etti afrikalik va etti avstraliyalik ham ro‘yxatdan o‘rin olgan.

Keyingi bosqichda nomzodlarning Marsdagi hayot qiyinchiliklariga tayyorligi sinab ko‘riladi. Yakunda jami 24 kishi – har biri 6 kishidan iborat 4 jamoa qolishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu jamoalardan biri 2025 yilda Marsga yo‘l olishi rejalashtirilgan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mars One loyihasida Marsga uchishi mumkin bo‘lgan 100 kishi tanlab olindi