09:44 / 18.02.2015
7 176

Gaitidagi karnavalda 18 kishi tok urishi natijasida halok bo‘ldi

Gaitidagi karnavalda 18 kishi tok urishi natijasida halok bo‘ldi

Gaitidagi karnaval chog‘ida kamida 18 kishini tok urib o‘ldirdi, deya xabar bermoqda Associated Press. Yana 60 kishi jabrlandi.

Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, karnaval platformasi ustida turgan odamlardan biri elektruzatish simini tayoq yordamida baland ko‘tarib, tagidan o‘tib ketmoqchi bo‘lgan. Natijada platformada bo‘lgan bir necha kishi shu zahotiyoq nobud bo‘lgan, boshqalar u erdan o‘zlarini pastga otgan, olomon orasida esa vahima yuzaga kelgan.

Fevral oyida Gaitida «Mardi Gra» bayramiga bag‘ishlangan karnavallar bo‘lib o‘tadi. Unda gaitiliklar an’anaviy qo‘shiqlarni ijro etadi va diniy marosimlarni amalga oshiradi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gaitidagi karnavalda 18 kishi tok urishi natijasida halok bo‘ldi