Obama AQShning islom diniga qarshi emas, terroristlarga qarshi kurashayotganini ta’kidladi

  • 19 fevral 2015, 11:28
  • 4 510
  • Dunyo
  • Obama AQShning islom diniga qarshi emas, terroristlarga qarshi kurashayotganini ta’kidladi

    “Biz islom dini bilan kurashmayapmiz, biz uni buzayotganlar bilan kurashmoqdamiz”, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan ekstremizmga qarshi kurashish sammitidagi nutqi davomida.

    “Al Qoida” va “Islom davlati” terrorchilik guruhlari etakchilari haqida gapirayotib, Obama ularni “Bular diniy etakchilar emas, ular terrorchilardir” deb atadi.

    Obama, shuningdek, islom dini zo‘ravonlikni targ‘ib qilishi haqidagi fikrlarga e’tiroz bildirdi.

    “Hech qanday din terrorchilik uchun javobgar emas. Odamlarning o‘zi bu zo‘ravonliklar va terrorchiliklar uchun javobgardir”, deb aytdi Obama.

    U, shuningdek, islom dini ulamolarining dindorlar orasida ekstremizmga qarshi kurashishni kuchaytirish uchun ko‘proq hissa qo‘shishga chaqirdi.

    Iroq va Suriyaning qatta qismini bosib olgan IShID terrorchilik guruhi 2014 yilda dunyoning eng yirik muammolaridan biriga aylandi. Markaziy razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 30 mingga yaqin jangariga ega bo‘lgan bu terrorchilik guruhi bosib olgan hududlarida xalifalik e’lon qilgan va yana ko‘proq erlarni bosib olishga intilmoqda.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Obama AQShning islom diniga qarshi emas, terroristlarga qarshi kurashayotganini ta’kidladi