Rossiyada 60 yoshli ayol sog‘lom bolani dunyoga keltirdi

  • 19 fevral 2015, 11:33
  • 9 075
  • Dunyo
  • Rossiyada 60 yoshli ayol sog‘lom bolani dunyoga keltirdi

    Moskvada 60 yoshli ayol ona bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Vesti.ru». Ayni paytda ayol ham, chaqaloq ham o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.

    Tug‘ruqxona shifokori so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq kesarcha kesish usulida dunyoga keltirilgan. Ona va bolaga standart muddatda uyga ketish uchun javob berilgan. Shifoxonadan chiqishda ularning ahvoli qoniqarli bo‘lgan.

    Ushbu xabarni izohlar ekan, mutaxassislar keksa yoshda bola ko‘rish ona organizmi uchun og‘ir sinov bo‘libgina qolmay, bolada irsiy kasalliklar paydo bo‘lishiga ham olib kelishini ta’kidladi.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiyada 60 yoshli ayol sog‘lom bolani dunyoga keltirdi