19:13 / 26.02.2015
7 467

2014 yilda «Unitel» kompaniyasining sof daromadi 7 foizga o‘sdi

2014 yilda «Unitel» kompaniyasining sof daromadi 7 foizga o‘sdi

2014 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yirik uyali aloqa operatori “Unitel” kompaniyasining sof daromadi 2013 yilga nisbatan 7 foizga o‘sdi hamda 178 mln dollarni tashkil qildi, deb xabar berildi “Unitel” matbuot xizmatida.

Operator ma’lumotlariga ko‘ra, EBITDA (asosiy vositalarning eskirishi, nomoddiy amortizasiya va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq zararlarni chiqarib tashlashdan oldingi operasion foyda) ko‘rsatkichi bir yil ichida 33 foizga oshib, 461 mln dollarni tashkil etdi.

Bir vaqtning o‘zida operasiyalarning daromadliligi 13 foizga, ya’ni 64,2 foizgacha o‘sdi. ARPU ko‘rsatkichi (uyali aloqa mijozining bir oyda o‘rtacha to‘lagan haqqi) 16 foizga o‘sdi, ya’ni 5,8 dollarni tashkil qildi. MOU ko‘rsatkichi (bir mijozning bir oyda ishlatgan daqiqalari miqdori) 528 daqiqagacha etdi (75 daqiqaga oshdi).

Kompaniyaning O‘zbekistondagi mijozlari soni 10,6 milliondan iboarat (1 foizga o‘sdi). Yangi qurilmalar va zamonaviy bazaviy stansiyalarni sotib olish uchun ajratilgan investisiyalar hajmi 79 mln dollarni tashkil qildi (2013 yilga nisbatan 2,9 marta kamaygan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2014 yilda «Unitel» kompaniyasining sof daromadi 7 foizga o‘sdi