14:30 / 28.02.2015
6 649

Kanadaning BlackBerry kompaniyasi Rossiya bozorini tark etmoqda

Kanadaning BlackBerry kompaniyasi Rossiya bozorini tark etmoqda

Rossiyaning «Vыmpelkom» kompaniyasi Kanadaning BlackBerry kompaniyasi Rossiyada o‘z biznesini davom ettirmaslikka qaror qilgani sababli bu kompaniya xizmatlariga mijozlarni ulashni to‘xtatmoqda. Bu haqda “Vыmpelkom” matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birgalikda, “Bilayn”ning BlackBerry xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlari uchun bu xizmatlar narxi joriy yilning 2 martidan boshlab ikki barobar oshadi.

O‘z navbatida, shu munosabat bilan MTS kompaniyasi ham yangi korporativ mijozlarni BlackBerry xizmatlariga ulashni to‘xtatib qo‘ydi. Jismoniy shaxslarni BlackBerry xizmatlariga ulash bo‘yicha esa cheklovlar joriy qilinmagan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Kanadaning BlackBerry kompaniyasi Rossiya bozorini tark etmoqda