13:51 / 18.09.2016
7 043

Avgust oyida kvartiralar narxi 3 foizga arzonladi

Avgust oyida kvartiralar narxi 3 foizga arzonladi

Avgust oyida Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o‘rtacha narx iyul oyiga qaraganda 3 foizga arzonlab, 588 sh. b. (shartli birlik)dan 573 ga qadar etdi. Mazkur ma’lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi taqdim etgan hisobotda o‘z ifodasini topdi, deb yozmoqda "Gazeta.uz" nashri.

Panel turidagi xonadonlar «kvadrati» narxi martdagi 556 sh. b. dan 544 sh. b. ga (-2%) arzonlagan bo‘lsa, g‘ishtli uylar narxi 3 foizga pastladi — 635 o‘rniga 613 sh. b.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo‘lmoqda: bir xonali kvartiralar — 575 sh. b. (-3%), ikki xonali — 561 (-2%), uch xonali — 577 (-3%), to‘rt xonali — 605 (-3%), ko‘p xonali — 592 (-3%).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Avgust oyida kvartiralar narxi 3 foizga arzonladi