15:58 / 28.09.2016
7 826

Jahon raqobatbardoshlik reytingi: Shveysariya hamon birda, Buyuk Britaniya esa ancha yuqoriladi

Jahon raqobatbardoshlik reytingi: Shveysariya hamon birda, Buyuk Britaniya esa ancha yuqoriladi

Davos Butunjahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan 2016-2017 yilgi Global raqobatbardoshlik hisoboti e’lon qilindi. O‘tgan safargidek, bu yilgi reytingda ham birinchi o‘rin Shveysariyaga taqdim etilgan. Ikkinchida Singapur, so‘ngra AQSh joylashtirilgan. Kuchli o‘nlikka shuningdek, Niderlandiya, Germaniya, Shvesiya, Yaponiya, Hongkong va Finlyandiya kiritilgan, deyiladi "Kun" nashri xabarida.

EI tarkibidan chiqishni ma’qullagan Buyuk Britaniya o‘tgan safargi o‘ninchi o‘rindan ettinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Biroq, BIF tahlilchilari Birlashgan Qirollik imkoniyatlarini baholashda Brexit natijalarini e’tiborga olishmagan. Bu holda, London sezilarli darajada tushib ketishi mumkin.

Rossiya "Global raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi"ga muvofiq, o‘z holatini ikki o‘ringa o‘zgartirishga erishgan. U 45 o‘rindan 43 o‘ringa ko‘tarilgan.

Qozog‘iston bu yilgi reytingda 53-o‘ringa munosib ko‘rilib, o‘tgan natijasidan 11 o‘rin pastroqqa joylashtirilgan.

MDH mamlakatlari orasida Qozog‘iston, Ozarbayjon (37) va Rossiya (43)dan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Gruziya 138 mamlakat orasida 59-o‘rinda bo‘lsa, Tojikiston 77-, Armaniston 79, Ukraina 85-o‘rinda. Moldova 100 va Qirg‘iziston 111-o‘ringa munosib ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon raqobatbardoshlik reytingi: Shveysariya hamon birda, Buyuk Britaniya esa ancha yuqoriladi