Amazon kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlarini ochadi

  • Iqtisodiyot
  • 17-10-2016, 15:44
  • 1 833
  • Amazon kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlarini ochadi

    Amazon.com kompaniyasi “convenience stores” namunasidagi aholiga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlari tarmog‘ini ochishni rejalashtirayapti, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbasiga tayangan holda.

    Xaridorlar mahsulotlarga saytda yoki kompaniyaning mobil ilovasi orqali buyurtma berishi mumkin. Shu bilan mahsulot xarid qilingan kunda mijozga etkazilishi mumkin.

    Amazon shuningdek, buyurtma qilingan mahsulotlarni etkazib berish xizmatini ham rivojlantirish niyatida. Ammo, hozircha, Amazon vakillari ushbu masalani izohlashdan bosh tortishgan.