13:01 / 12.03.2015
7 034

Google Londonda o‘zining birinchi brend do‘konini ochdi

Google Londonda o‘zining birinchi brend do‘konini ochdi

11 mart kuni Londonda Google’ning ilk brend do‘koni ochildi. Do‘kon Currys PC World markazida joylashgan.

Google Shop deb nomlangan ushbu do‘konda kompaniyaning istalgan qurilmasini sinab ko‘rish va sotib olish mumkin bo‘ladi. Do‘konda smartfonlar, planshetlar, xrombuklar, Chromecasts smart-TV uchun modullar sotuvga qo‘yiladi. Shuningdek, do‘konda uchta interaktiv kompozisiyalar ham mavjud bo‘ladi. Ulardan birinchisida Google Earth xaritasi ustidan “uchish”, ikkinchisida “raqamli ballon” bilan chizish, uchinchisida esa Chromecastdan (Google’ning raqamli mediapleyeri) foydalanish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, Google Shop, shuningdek, turli tadbirlar, misol uchun, ochiq eshiklar kuni, bolalar uchun mashg‘ulotlar, turli qurilmalarning xavfsizligi va ishlashi bo‘yicha leksiyalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Google Londonda o‘zining birinchi brend do‘konini ochdi