01:26 / 30.10.2016
7 744

Turk lirasi tarixiy minimumgacha qadrsizlandi

Turk lirasi tarixiy minimumgacha qadrsizlandi

Turk lirasining dollarga nisbatan kursi 28 oktyabrdagi savdolar vaqtida yangi anti-rekord o‘rnatdi: dollarning liraga nisbatan eng katta qiymati 3,1273 lirani tashkil qildi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.

Nashrning aytishicha, dollar kursi birinchi marta 3,12 liradan oshgan. Biroq liraning qadrsizlanishi iyuldagidan kamroqdir. O‘shanda Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin dollar kursi bir necha kun ichida 7,5 foizga ko‘tarilib ketgan va bir dollar uchun 3,0965 lirani tashkil qilgan.

Financial Times tahlilchilari lira kursining zaiflashishini Turkiya markaziy banki 2016 yildagi in¬flya¬siya darajasi prognozini yillik 6,5 foizga oshirgani bilan bog‘lashmoqda.

Turkiya iqtisodiyotining etakchi sohalaridan biri bo‘lgan sayyohlik tarmog‘i ham oqsamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Turk lirasi tarixiy minimumgacha qadrsizlandi