23:22 / 16.11.2016
7 643

Shvesiya elektron valyuta joriy qiladigan birinchi davlat bo‘lishi mumkin

Shvesiya elektron valyuta joriy qiladigan birinchi davlat bo‘lishi mumkin

Shvesiya banki yaqin ikki yil ichida mamlakatda "ekrona" deb ataluvchi elektron valyuta kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb ma’lum qilmoqda "Kun" nashri.
Riskbank deb atalgan tashkilot rahbari o‘rinbosari Sesiliya Skinsli Financial Times’ga bergan intervyusida, Shvesiya markaziy bankini mamlakatda ishlatiladigan naqd pulning falokatli tarzda kamayib ketgani bunday qilishga majbur qilmoqda. 2009 yildan beri mamlakatda muomalada bo‘lgan tangalar va qog‘oz pullar miqdori onlayn-xarid va to‘lovlarning bank kartalari yordamida amalga oshirilishi miqdori o‘sishi sababli 40 foizga kamayib ketgan.

Shu sababli bank pul emissiyasining boshqa qanday yo‘llarini ishlatishi mumkinligi haqida o‘ylanib qolgan. Skinslining aytishicha, bu 300 yil avval qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi bilan taqqoslanadigan inqilobdir.

Ayni vaqtda Shvesiyadagi banklar elektron pullarga kirishni markaziy bank yordamida taqdim qiladi, agar Shvesiya elektron kronni joriy qilsa, bu foydalanuvchilar virtual pullarga bevosita kirishga ega bo‘ladigan birinchi holat bo‘ladi. Darvoqe, aynan Riskbank 1660 yilda qog‘oz pullarni muomalaga chiqargan birinchi bank bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shvesiya elektron valyuta joriy qiladigan birinchi davlat bo‘lishi mumkin