18:07 / 24.11.2016
6 388

Apple daromadining 90 foizini smartfonlar sotuvidan oldi

Apple daromadining 90 foizini smartfonlar sotuvidan oldi

AQShning Apple kompaniyasi joriy yil uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra jahon bozoridagi operasion daromadning 91 foizini smartfonlar sotuvidan oldi. Bu haqda «RBK»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Pul ekvivalentida kompaniya daromadi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi.

«Apple kompaniyasining maksimal baho shakllantirilishini ta’minlash hamda ishlab chiqarish xarajatlarini minimalashtirish qobiliyati diqqatga sazovor. Bu omillar Apple’ga yuqori daromad keltirishda davom etmoqda», — dedi Strategy Analytics rahbari Linda Syu.

Hisobotga Apple’ning asosiy raqobatchisi bo‘lmish Samsung kirmadi. Qolgan operasion daromadning ko‘pchilik qismi Xitoyning Huawei, Vivo va OPPO kompaniyalariga tegishlidir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Apple daromadining 90 foizini smartfonlar sotuvidan oldi