23:21 / 30.11.2016
7 450

Nazarboyev surati tushirilgan kupyura 1 dekabr kuni muomalaga chiqariladi

Nazarboyev surati tushirilgan kupyura 1 dekabr kuni muomalaga chiqariladi

Qozog‘iston Respublikasi Milliy Banki 2016 yilning 1 dekabr kuni 10 000 tengelik yubiley banknotasini muomalaga kiritadi. Ushbu kupyura Qozog‘iston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev surati aks etgan. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Qozog‘iston mustaqilligi davlat bayrami bo‘lib, har yili 16 dekabr kuni o‘tkaziladi. 1991 yilning aynan shu kuni Qozog‘iston Respublikasi o‘zining mustaqilligi to‘g‘risida qonun qabul qilgan edi.

Banknotalar muomaladagi pul belgilari bilan bezatiladi: uning old tomoni vertikal tasvirni o‘z ichiga oladi, keyingi tomonida esa gorizontal tasvir mavjud. Banknotaning hajmi – 149x79 mm.

Banknotaga moviy-ko‘k ranglar uyg‘unligida tus berilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Nazarboyev surati tushirilgan kupyura 1 dekabr kuni muomalaga chiqariladi