Xalqaro pul jo‘natish va qabul qilish bilan shug‘ullanuvchi SMT (Cash Money Transfer) ma’lumotiga ko‘ra, Turkiyadan xorij mamlakatlariga pul jo‘natmalarining eng ko‘pi O‘zbekistonga amalga oshirildi.
Turkiyadan yuborilgan pullarning 36,9 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi. Keyingi o‘rinlarda Gruziya (20,2 foiz), Qirg‘iziston (15,3), Rossiya (10,6) va Ozarboyjon (7,2) bor.
O‘zbekistonga amalga oshirilgan har bir pul jo‘natmasining o‘rtacha miqdori 497 dollarni tashkil etdi. Gruziyaga esa har bir jo‘natuvchi o‘rtacha 303, Qirg‘izistonga 317, Rossiyaga 598, Ukrainaga 346 dollar yuborgan.
Turkiyaga pul jo‘natmalarining 57,7 foizi Rossiya, 12,4 foizi Qozog‘iston, 9,6 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi.
SMT bosh direktori Baran Chag‘larning Jahon banki ma’lumotlariga tayanib aytishicha, 2014 yilda Turkiyadan boshqa davlatlarga 815 million dollar, 2015 yilda 850 million dollar jo‘natilgan.
O‘tgan yili Turkiyaga pul jo‘natmalari miqdori 1,4 milliard dollarni tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?