09:19 / 21.12.2016
5 837

Uber bir chorakda 800 mln dollar zarar ko‘rdi

Uber bir chorakda 800 mln dollar zarar ko‘rdi

Uber xalqaro taksi servisi 2016 yilning uchinchi choragida 800 million dollardan ortiq zarar ko‘rdi. AQShda Lyft’ga qarshi olib borilgan narx urushi va yangi tashabbuslarga sarflangan pullar bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi «Daryo».

Shu bilan birga, oxirgi ma’lumotlar vaziyat sekin-asta o‘nglanayotganini ko‘rsatmoqda, negaki Uber Didi Chuxing’ga qarshi Xitoy bozori uchun kurashish qaroridan qaytdi.

Uber ochiq turdagi tashkilot bo‘lmagani sababli moliyaviy hisobotini e’lon qilmaydi, ammo uning direktori Gautam Gupta har uch oyda telekonferensiya o‘tkazib, aksiyadorlar oldida hisobot beradi.

The Information nashriga ko‘ra, soliqlar, foizlar, hisobdan chiqarish va amortizasiya birga hisoblanganda Uber’ning yil oxirigacha ko‘rgan zarari 2015 yildagidan 25 foizga ko‘proq bo‘lib, 2,8 milliard dollardan oshishi mumkin. 2016 yilning to‘qqiz oyi ichida kompaniya 2,2 million dollar yo‘qotdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Uber bir chorakda 800 mln dollar zarar ko‘rdi