Xitoyning taraqqiyot va islohotlar bo‘yicha milliy qo‘mitasi 2017 yilda quyosh elektr stansiyalari egalaridan sotib olinuvchi elektr energiya narxini 17 foizga pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti. Shamol elektr stansiyalari uchun narx 2018 yilda 15 foizga arzonlashtiriladi. Bu chora ikki turdagi elektr stansiyalarga to‘lanadigan har yillik to‘lovni 863 mln dollarga kamaytiradi. Bu choralar yangi shamol parraklari va quyosh batareyalari o‘rnatilishi narxi arzonlashgani bilan bog‘langan.
2016 yil ham quyosh va shamol energetikasida rekord o‘sish yili bo‘ldi. Elektr uzatish liniyasiga ulangan shamol elektr stansiyalari 139 gigavatt, quyosh elektr stansiyalari esa 60 gigavattdan ko‘proq elektr energiya beradi. Bunday elektr stansiyalarning ommaviy qurilishi shamol parraklari va fotoelementlarga narxlarning tushishi bilan birga boradi.
Xitoy hukumati bunga javoban nafaqat ko‘mir qazib olish hajmini yiliga chorak milliard tonnaga kamaytirmoqda, balki quyosh va shamol energiyasini sotib olish narxini kamaytirishga qaror qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi