15:44 / 21.04.2015
7 862

“INGO-O‘zbekiston” 2014 yilda 1,4 milliard so‘m sof foyda oldi

“INGO-O‘zbekiston” 2014 yilda 1,4 milliard so‘m sof foyda oldi

“INGO-O‘zbekiston” sug‘urta kompaniyasi 2014 yil yakunlariga ko‘ra, 1,452 milliard so‘m miqdorida sof foyda ko‘rdi. Bu haqda Finance.uz'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Kompaniya 2014 yilda sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishdan 8,211 milliard so‘m daromad olgan, ko‘rsatilgan sug‘urta xizmatlari natijasida 5,764 milliard so‘m to‘lovlar amalga oshirilgan.

Kompaniyaning moliyaviy faoliyatidan olingan daromad 1,707 milliard so‘mni tashkil etgan, moliyaviy faoliyat bilna xarajatlar miqdori esa 281,8 million so‘mga teng bo‘lgan.

“INGO-O‘zbekiston” sug‘urta kompaniyasi aktivlari hajmi 17,4 milliard so‘mni tashkil etgan, kompaniya ustav kapitali 7,6 milliard so‘mga teng.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » “INGO-O‘zbekiston” 2014 yilda 1,4 milliard so‘m sof foyda oldi