7 361
Rossiya O‘zbekistonga shakar va yog‘ mahsulotlari eksportini bir necha barobarga oshirishga tayyor
2 fevral kuni Rossiya Federasiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri Elyor Ganiev bilan ishchi uchrashuvni o‘tkazdi. Bu haqda "Sputnik" nashriga asoslanib Kun.uz yozmoqda.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini ikki tomonlama rivojlantirish masalalarini muhokama qilganlar.
Xabarda aytilishicha, Aleksandr Tkachev Rossiya O‘zbekistonga don, baliq va baliq mahsulotlari, urug‘lik kartoshka, shuningdek qandolatchilik mahsulotlari etkazilishi hajmini oshirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qilgan.
"Rossiyalik qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonga shakar va yog‘ mahsulotlari eksportini bir necha barobarga oshirishga tayyor", — deb ma’lum qilgan Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri.
Uchrashuv yakunida tomonlar Rossiyaga olib kiriladigan o‘zbek meva-sabzavotlari fitosanitariya normalariga rioya etishi to‘g‘risida protokolni imzolagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi