10:18 / 18.02.2017
6 858

Moskvada O‘zbekiston savdo-ko‘rgazma paviloni ochildi

Moskvada O‘zbekiston savdo-ko‘rgazma paviloni ochildi

O‘zbekiston-Rossiya savdo uyi «Uzglobaltreyd» 15 fevralda Moskvadagi "Fud siti" ulgurji-oziq-ovqat agroklasteri hududida O‘zbekiston savdo-ko‘rgazma pavilonini ishga tushirdi. "O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihaning asosiy vazifasi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotlarni sotish geografiyasini kengaytirish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish hisoblanadi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Shu kuni Evropadagi eng yirik agroklaster hududida O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Stavropol o‘lkasi va Smolensk viloyati ko‘rgazma paviloni ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Pavilonlar ochilishiga Evrosiyo iqtisodiy komissiyasi, Rossiya qishloq xo‘jaligi, "MDHni iqtisodiy rivojlantirish amaliy markazi", "Delovaya Rossiya" vakillari, boshqa xorijiy davlatlar oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston stendi milliy rang-baranglik va taqdim qilingan mahsulotlarning keng assortimenti, jumladan «O‘zbekoziqovqatxolding» va «O‘zvinosanoat-xolding» kompaniyalari tarkibiga kiruvchi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning oziq-ovqat, xalq iste’moli, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari taqdim qilindi.

O‘zbekiston vakili, "Uzglobaltreyd" bosh direktori Magomed Musaevning aytishicha, savdo-ko‘rgazma paviloni barra va qayta ishlangan mahsulotlar eksportini oshirishga imkon beradi. O‘tgan yil eksport hajmi 85 mln dollarlik 122 tonna mahsulotni tashkil qilgan.

"2016 yilda biz 65 turdan ko‘proq oziq-ovqat mahsuloti eksport qilganmiz. Bu mahsulotlarni Rossiya bozorida ilgari surish – bizning asosiy maqsadimiz", deb aytgan Musaev.

Mintaqalar va davlatlar pavilonlarining bir joyda ixcham joylashtirilgani evaziga ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar bir-birlariga mahsulot etkazib berish bo‘yicha shartnomalarni vositachilarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzishlari mumkin, bu esa do‘konlardagi mahsulotlarni ancha arzonlashtirishga imkon beradi.
Eslatib o‘tamiz, "Uzglobaltreyd" qo‘shma korxonasi 2016 yil 17 oktyabrda Moskvada ochilgan. Ushbu savdo uyi "Fud siti" markazida joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Moskvada O‘zbekiston savdo-ko‘rgazma paviloni ochildi