09:18 / 04.03.2017
7 039

Osiyo Taraqqiyot banki O‘zbekistondagi to‘rt loyiha uchun 573 mln dollar ajratadi

Osiyo Taraqqiyot banki O‘zbekistondagi to‘rt loyiha uchun 573 mln dollar ajratadi

Osiyo Taraqqiyot banki delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida to‘rt loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Xabar berishlaricha, OTB delegasiyasining O‘zbekiston vazirliklari va idoralarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakuni bo‘yicha bankning 573 million dollarlik mablag‘ini jalb qilgan holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv ta’minoti tizimi va avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Avvalroq Osiyo Taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonga tashrifi davomida bank rahbari Takexiko Nakao Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan investisiya loyihalarining natijalari bilan tanishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Osiyo Taraqqiyot banki O‘zbekistondagi to‘rt loyiha uchun 573 mln dollar ajratadi