18:42 / 22.03.2017
7 416

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 48 so‘m 10 tiyinga oshib, 3548,11 so‘mga etdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2017 yil 23 martdan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3548 so‘m 11 tiyin etib belgilandi. Bu 7 martdagi kursga nisbatan 48 so‘m 10 tiyinga ko‘p.

23 martdan e’tiboran 1 evro qiymati 3801 so‘m 58 tiyin (14 martdagi kursga nisbatan 91 so‘m 14 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 61 so‘m 99 tiyin (14 martdagi kursga nisbatan 2 so‘m 89 tiyin qimmat) etib belgilangan.
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 48 so‘m 10 tiyinga oshib, 3548,11 so‘mga etdi
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 48 so‘m 10 tiyinga oshib, 3548,11 so‘mga etdi