10:09 / 11.06.2017
7 915

AQShning eng yirik beshta IT-kompaniyasi bir kun ichida 100 mlrd dollar yo‘qotdi

AQShning eng yirik beshta IT-kompaniyasi bir kun ichida 100 mlrd dollar yo‘qotdi
AQShning texnologik kompaniyalari "katta beshtaligi" – Facebook, Amazon, Apple, Microsoft va Alphabet kompaniyalari 9 iyundagi savdolar natijalariga ko‘ra kutilmaganda 100 mlrd dollarga arzonlashib ketdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Apple aksiyalari 774,86 mlrd dollar kapitallashuvga ega bo‘lgan holda 3,88 foizga arzonlashdi va bir donasi narxi 148,98 dollarni tashkil qildi. Alphabet aksiyalari 665,57 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,41 foizga (bir aksiya narxi 949,83 dollar), Microsoft aksiyalari 539,61 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 2,27 foizga (bir aksiya narxi 70,32 dollar), Amazon aksiyalari 467,7 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,16 foizga (bir aksiya narxi 978,31 dollar) va Facebook aksiyalari 438,07 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,3 foizga (bir aksiya narxi 149,6 dollar) arzonlashib ketdi. Bu kompaniyalar aksiyalari umumiy hisobda 97,65 mlrd dollarga arzonlashib ketdi.

The Bahnsen Group mutaxassisi Devid Bansenning fikricha, bu kompaniyalar aksiyalari avval "aslidan ancha qimmat narxda sotib olingan". Bu yo‘qotish Apple uchun 14 oy ichidagi eng katta yo‘qotish bo‘ldi, deb ta’kidlamoqda The New York Times nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » AQShning eng yirik beshta IT-kompaniyasi bir kun ichida 100 mlrd dollar yo‘qotdi