Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Ulgurji savdo korxonalari ustav jamg‘armasi miqdoriga talablarni EKIHning 3 500 baravaridan EKIHning 1 000 baravarigacha, ustav jamg‘armasini pul mablag‘lari bilan shakllantirish qismida esa – EKIHning 1200 baravaridan EKIHning 100 baravarigacha qisqartirish taklif qilinmoqda.
Ustav jamg‘armasining alohida miqdoriga va tarkibiga talablarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladigan korxonalarga tatbiq etmaslik taklif qilinmoqda. Ularga yuridik shaxslar ustav jamg‘armasi miqdoriga umumiy talablar qo‘yiladi. Masalan, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasida ularning ustav jamg‘armalari kamida EKIHning 40 baravarini tashkil etishi belgilangan.
Shuningdek, litsenziya olishda yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomani taqdim etish to‘g‘risidagi talab ham bekor qilinadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi