23:40 / 16.09.2017
5 690

XVJ: O‘zbekiston ko‘plab sinovlarni yengishiga to‘g‘ri keladi

XVJ: O‘zbekiston ko‘plab sinovlarni yengishiga to‘g‘ri keladi
O‘zbekiston ko‘plab chaqiriqlarni yengishiga to‘g‘ri keladi, biroq islohotlar samaraliroq iqtisodiy tizimga o‘tishga imkon beradi, deb aytdi Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlari departamenti direktori Jihad Azur.

Azur O‘zbekistonga 14-16 sentyabr kunlari tashrif buyurdi. U tashrifi davomida rasmiy idoralar va manfaatdor tomonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Tomonlar mintaqaviy va jahon iqtisodiyotida yaqinda bo‘lib o‘tgan voqealar hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni muhokama qilishgan.

“Men iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar bilan rasmiy idoralarni tabrikladim va bu yo‘lda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishda sodiqligimizni tasdiqladim. Biz O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyat, jumladan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, birinchi navbatda, yaqinda amalga oshirilgan ayirboshlash kurslarini bir xillashtirish va valyuta bozorini erkinlashtirish haqida fikrlar almashdik”, deb aytgan Azur.

“O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida ko‘pgina chaqiriqlarni yengishiga to‘g‘ri kelishi mumkin, bu islohotlar davlatga samaraliroq va oxir-oqibatda, ko‘proq gullayotgan iqtisodiy tizimga o‘tishga imkon beradi. Men shuningdek hukumatning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy savdoni kengaytirishga qaratilgan say’-harakatlarini qutlayman”, deb qo‘shimcha qilgan XVJ vakili.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » XVJ: O‘zbekiston ko‘plab sinovlarni yengishiga to‘g‘ri keladi