21:23 / 04.01.2018
7 875

O‘zbekistonda 2018 yilda inflyatsiya yuqori darajada bo‘ladi

O‘zbekistonda 2018 yilda inflyatsiya yuqori darajada bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yilga mo‘ljallangan monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlariga doir hisobotni e’lon qildi.

Hisobotda ma’lum qilinishicha, 2018 yilda inflyatsiya yuqori darajada bo‘ladi va yillik 11,5-13,5 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.

“2018 yildagi iqtisodiy o‘sishning nazarda tutilgan sur’atlari doirasida inflyatsiya prognozi va pulga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, kelasi yilda pul massasining 12-15 foizga ko‘payishi kutilmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotni kreditlash qoldig‘i hajmi ham mos ravishda o‘sishi kutilmoqda”, deyiladi Markaziy bank hisobotida.

Markaziy bank, shuningdek, valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta kursini valyuta birjasida Markaziy bankning minimal ishtiroki orqali bozor mexanizmlari asosida shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda 2018 yilda inflyatsiya yuqori darajada bo‘ladi