10 666
Mahallaning xotinlari yana haq bo‘lib chiqdi: "O‘zbekistonda yirik qiymatdagi kupyuralar muomalaga chiqariladi"
2017 yilning 23 dekabr kuni portalimizda ancha vaqtdan beri odamlar orasida yurgan gap — 20 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik kupyuralarning muomalaga kiritilishi bo‘yicha Markaziy bankning rasmiy javobini e’lon qilgan edik. So‘rovimizga Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov quyidagicha javob bergan edi:
— Qayd etib o‘tish joizki, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 33-moddasiga asosan Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek, ularning dizaynini Oliy Majlis Senatining Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Shu bilan birga, Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida axborotni, shuningdek, ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Bu boradagi yangiliklarni Markaziy bankning www.cbu.uz saytida ham kuzatib borish mumkin. Bugungi kunda 20 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik kupyuralarning muomalaga chiqarilishi rejalashtirilmagan.
Qizig‘i, bugun malakatning bosh moliya muassasi rasmiy saytida avvalgi bayonotga mutlaqo zid xabar chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilda Markaziy bank tomonidan kichik qiymatdagi kupyuralarni yangi shakldagi 50, 100, 500 so‘mlik tangalarga bosqichma-bosqich almashtirish hamda 200 so‘mlik tangalarni chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqda pul-kredit va bank sohasi bo‘yicha 2017 yil yakunlari va 2018 yildagi vazifalar to‘g‘risidagi ma’lumot doirasida ma’lum qilindi.
«Naqd pul muomalasini yanada takomillashtirish vazifasi doirasida banknotalar tuzilmasini optimizatsiya qilish ishlarini davom ettirish ko‘zda tutilgan. Milliy valyutadan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida yirik qiymatdagi kupyuralarni muomalaga chiqarish ko‘zda tutilgan», — deyilgan Markaziy bank xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ayni paytdagi eng yirik kupyura — 50 ming so‘mlik banknotlar 2017 yilning 22 avgustidan muomalaga chiqarilgandi.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?