16:20 / 17.01.2018
4 332

Bitkoin kursi sutka davomida 25 foizga arzonlashdi

Bitkoin kursi sutka davomida 25 foizga arzonlashdi
Oxirgi sutka davomida bitkoin kursi 25 foizdan ortiqqa tushib, 11 ming dollarni tashkil etdi, deb yozadi «Daryo».

Coinmarketcap portali ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 21:39 da uning minimal qiymati 10,194 ming dollarni tashkil etgan. 16 yanvar tongida kriptovalyuta 13,909 ming dollar ko‘rsatkichda savdo qilingan. Shu tariqa sutka davomida uning kursi 26,7 foizga pasayib ketdi. 2017 yil dekabridagi maksimumdan (20,09 ming dollar) kurs 50,7 foizga tushdi.

Biroq savdolarning yopilishida, Toshkent vaqti bilan 22:34 da bitkoin kursi 11,383 ming dollarga ko‘tarildi. Valyutalar kursi bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi kriptovalyuta Ethereum’da (u 16 foizga arzonlashdi) ham pasaydi, Ripple 24 foizdan ortiqqa, Bitcoin Cash 20 foizga arzonlashdi.

Avvalroq ekspertlar buni bitkoin kursi o‘sishiga umid qilgan kichik investorlar hafsalasi pir bo‘lishi, shuningdek, kriptovalyutalar tartibga solinishi haqidagi salbiy yangiliklar bilan bog‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bitkoin kursi sutka davomida 25 foizga arzonlashdi