Hozirgi kunda O‘zbekistondagi moliya, soliq va bojxona organlari faoliyati o‘rganilmoqda. O‘rganishlar “Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tanqidiy o‘rganilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishiga asosan amalga oshirilmoqda.
Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, tadbirdan ko‘zlangan maqsad moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatidagi tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilishi sharoitida ularning samaradorligini tubdan oshirish hisoblanadi.
O‘rganishlarni amalga oshirish maqsadida Prezident farmoyishiga muvofiq Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi komissiya tuzilgan.
O‘rganish yakunlari, avvalambor, moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga xizmat qiladi.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2018 yil 13 fevralda Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishga imzo chekkani xabar qilingandi.
Seshanba kuni, shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi general-mayor Muidjon Vahhobovich Tohiriy o‘z vazifasidan ozod qilingani va uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari vazifasini bajarib kelgan Murodjon Berdialiyevich Azimov tayinlagani ham ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi