Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar (ro‘yxat raqami 2971, 15.02.2018 y.) e’lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
Ilgari amal qilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar (ro‘yxat raqami 2270, 27.09.2011 y.) 15.02.2018 yildan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Birinchidan, qabul qilingan hujjat bilan byudjet tashkilotlarining yillik va choraklik moliyaviy hisobotlariga tuzatishlar kiritildi. Ularga Byudjet tashkilotini chet el valyutalari bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot ham qo‘shildi.
Ikkinchidan, xarajatlar smetasining ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX-son shakl) bekor qilindi. Shu munosabat bilan byudjet mablag‘lari oluvchilar faqat Xarajatlar smetasining ijrosi haqida choraklik hisobotni (2-son shakl) topshiradilar.
Uchinchidan, hisobotlarni taqdim etish muddatlari jadvali tasdiqlandi:
To‘rtinchidan, byudjet tashkilotlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali elektron shaklda taqdim qilish tartibi belgilandi. Bunda elektron raqamli imzo, shuningdek lozim darajada rasmiylashtirilgan hisobotlarning qog‘oz variantining bir nusxasi saqlanishi talab etiladi.
Hujjat bilan boshqa o‘zgartirishlar ham kiritildi, hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2018 yildan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi