09:04 / 25.02.2018
5 340

Coliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan sayt ishga tushdi

Coliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan sayt ishga tushdi
Foto: “Xabar.uz”
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan saytni ishga tushirdi.

soliq2018.uz manzilida ish boshlagan yangi veb-sayt foydalanuvchilarning keng doirasini inobatga olgan holda o‘zbek va rus tillarida ishlab chiqildi.

Saytdagi barcha ma’lumotlar uch bo‘limda: “Yuridik shaxslar uchun soliqlar”, “Jismoniy shaxslar uchun soliqlar” va “Tadbirkorlik subyektlari uchun soliqlar”da jamlangan. Ushbu bo‘limlarda soliq to‘lovchi toifalariga mos soliq turlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Soliqlardan biri tanlanganida foydalanuvchi uchun 2017 va 2018 yillarning taqqoslama ma’lumotlari qulay shaklda taqdim qilinadi.

Shuningdek, sayt orqali soliq qonunchiligidagi boshqa ko‘plab yangiliklarni kuzatib borish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Coliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan sayt ishga tushdi