O‘zbekiston Afg‘onistonga mahsulotlar eksporti hajmini 3 mlrd AQSH dollarigacha yetkazishi mumkin. O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Xalqro Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda shunday bayonot berdi.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda Afg‘onistonning import bozori 6,5 mlrd dollarni tashkil etadi. O‘zbekiston esa, istiqbolda janubiy qo‘shnisiga ushbu hajmning teng yarmini yetkazib berishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida o‘zaro savdo aylanmasi 617 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Bu 2016 yildagidan 18,7 foizga ko‘pdir. Bunda e’tiborli jihati shundaki, O‘zbekistonning Afg‘onistonga eksporti 614,9 mln dollarga teng bo‘ldi.
Vazirning qayd etishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro tovar aylanmasni yaqin istiqbolda 1,5 mlrd dollarga yetkazishga kelishib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi