12:57 / 04.04.2018
5 754

Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar (xizmatlar) ro‘yxati tasdiqlandi

Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar (xizmatlar) ro‘yxati tasdiqlandi
“Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (VMQ-249, 30.03.2018-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qaror bilan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (tariflarni) o‘rnatish, mazkur ro‘yxatdan tashqari:
  • tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga);
  • Prezidentning qarorlarida narxlari tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan ham amalga oshiriladi.

Shuningdek qaror bilan tasdiqlangan nizomda monopol yuqori va monopol past narxlarning aniqlanishi tartibi belgilandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar (xizmatlar) ro‘yxati tasdiqlandi