Markaziy bank yangi kupyura chiqarish rejalashtirilayotganligini tasdiqladi, biroq uning qachon chiqarilishi aniq sanasi noma’lum. Bu haqda xs.uz xabar tarqatdi.
Yanvar oyi boshida Markaziy Bank 2018 yilgi vazifalar qatorida mayda kupyuralarni bosqichma-bosqich tangalarga almashtirish va yirikroq nominaldagi banknotalar chiqarishni sanab o‘tgan edi.
Mart oyi o‘rtalarida Senat 50, 100, 500 so‘m nominaldagi yangi namunadagi tangalar, shuningdek, 200 so‘mlik yangi tangani chiqarish taklifini ma’qulladi. Biroq banknota haqida so‘z yuritilmagan.
Shu munosabat bilan “Spot” internet nashri Markaziy bankka murojaat qildi va Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovdan javob oldi.
Javobda 2018 yil davomida yirikroq nominaldagi banknotani muomalaga chiqarish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilingan.
Unda, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, banknotalar namunalari va ularning dizaynlari Oliy Majlis Senati Kengashi bilan muvofiqlikda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi, yangi kupyurani chiqarish bir qator tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishni talab qilishi ta’kidlanadi.
Markaziy bank ayni paytda yangi kupyuralar chiqarilishi aniq sanasini ma’lum qila olmasligi ta’kidlanadi. Muddatlar aniqlanganda, mazkur ma’lumot Markaziy bank rasmiy saytiga joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi