10:07 / 20.04.2018
3 847

Ishbilarmonlar uchun dunyodagi eng qimmat shahar aniqlandi

Ishbilarmonlar uchun dunyodagi eng qimmat shahar aniqlandi
Nyu-York hozirgi kungacha ishbilarmonlar uchun dunyodagi eng qimmat shahar, degan unvonini saqlab kelmoqda, deb yozmoqda Darakchi nashri.

ECA International agntligining aniqlashicha, Nyu-Yorkka ish bo‘yicha kelganlarning bir kuni 874 dollarga tushar ekan.

Nyu-Yorkdan keyin ikkinchi o‘rinni Jeneva shahri egallagan (792 dollar). Uchinchi o‘rinda esa Syurix (735 dollar).

Kuchli o‘ntalikdan Luanda (Angola, 4), Brijtaun (Barbados, 5), Parij (Fransiya, 6), Nassau (Bagam orollari, 7), Vashington (AQSh, 8), Bazel (Shveysariya, 9), Monako (10) o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ishbilarmonlar uchun dunyodagi eng qimmat shahar aniqlandi