O‘zbekistonda asosiy iste’mol tovarlarining o‘rta darajadagi narxi mart oyida 0,4 foizga kamaydi. Shu o‘rinda yanvar va fevral oylarida bu ko‘rsatkich 0,6 foiz va 0,7 foiz bo‘lgan. Bular Markaziy bankning 2018 yil pul-kredit siyosati haqidagi hisobotida qayd etilgan, deb xabar beradi Sputnik.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari va Markaziy bank kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, respublikada 4 oy ichida inflyatsiya darajasi sekinlashgan va barqarorlashgan.
«Iste’mol narxlar indeksi uslubi bo‘yich inflyatsiya darajasi yanvar (2,7 foiz) bilan solishtirilganda fevral va mart oylarida 1,1 foizga sekinlashdi va prognoz ko‘rsatkichlar doirasida», — deyilgan hisobotda.
Markaziy bank kuzatuvi asosiy iste’mol tovarlar guruhi bo‘yicha mart oyida 0,4 foizga (yanvar va fevralda 0,6 foiz va 0,7 foiz) kamayganligini ko‘rsatdi.
Joriy yil birinchi choragida iqtisodiyotning iste’mol sektorida narxlar darajasi pasayishi va barqarorlashuvining asosiy omillari: iqtisodiyotda qat’iy pul-kredit shartlarining saqlanib qolishi, yanvar mart oylarida valyuta kursini 0,5 foizda bo‘lishi, davlat byudjeti bajarilishi, ichki bozorda raqobat muhitini yaxshilash, import tovarlarining hajmini oshirish, meva-sabzavotlar import hajmi ko‘payishi hisobiga amalga oshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi