13:53 / 18.05.2018
5 144

Endi O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lov qilish mumkin bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lov qilish mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston hududida elektron pullar muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat 2019 yil 1 yanvargacha tayyorlanadi, deb yozadi Spot.

Bu «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ilovada ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, elektron tijorat oldi-sotdilarida elektron pullar, shu jumladan, xorijiy elektron hamyonlar bilan to‘lovlar o‘tkazish tartibi belgilanadi.

Bunga mas’ul etib Markaziy bank, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralar tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Endi O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lov qilish mumkin bo‘ladi