22:37 / 21.05.2018
4 385

Dollarning rasmiy kursi 8000 so‘mdan pastga tushdi

Dollarning rasmiy kursi 8000 so‘mdan pastga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 22 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 27,88 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 7997 so‘mu 95 tiyinga teng bo‘lib turibdi.

Qayd etish kerakki, 2017 yil sentyabrdagi Valyuta liberalizatsiyasi boshlanganidan beri dollarning Markaziy bank kursi birinchi marta 8000 so‘mdan pastga tushishi bo‘ldi.

Yevro kursi esa 200,5 so‘mga tushib, 9396,79 so‘mni tashkil qilgan.

1 Rossiya rubli kursi 1,26 so‘mga arzonlab, 128,37 so‘mga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollarning rasmiy kursi 8000 so‘mdan pastga tushdi