12:46 / 08.06.2018
7 336

O‘zbekistonda «Har bir oila – tadbirkor» dasturi joriy etildi

O‘zbekistonda «Har bir oila – tadbirkor» dasturi joriy etildi
Foto: Prezidentning Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Har bir oila – tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
  • mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo, olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi amalga oshiriladi.

Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;
tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatish;
  • tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;
  • tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatish;

  • tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;
  • kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi sub’ektlarni (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo‘shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish;
  • qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish – mini-klasterlar tashkil etish;
  • joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi ob’ektlari, xizmat ko‘rsatish va servis shahobchalarini barpo etish;
  • qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga berish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish;
  • vaqtinchalik moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev shu yilning may oyida Andijon viloyatiga tashrifi davomida «Har bir oila tadbirkor» dasturi konsepsiyasi bilan tanishgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda «Har bir oila – tadbirkor» dasturi joriy etildi