O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoniga muvofiq endi tadbirkorlar internet yordamida bojxona yuk deklaratsiyalarini o‘z ofislaridan chiqmasdan turib, mustaqil ravishda to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, bunga qadar tovarlarni respublikamizga olib kirmoqchi yoki eksport qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirib berish va bojxona idoralariga taqdim etish uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar ko‘magidan foydalanishga majbur edi.
Endi esa Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan beriladigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lgan har bir tadbirkor buni amalga oshirishga to‘la haqli. Buning uchun u elektron raqamli imzo yordamida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga kirib, dastlab o‘z tashkiloti nomidan tovarlarni deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi. Shundan so‘ng “Deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati” interaktiv xizmatidan foydalangan holda bojxona yuk deklaratsiyalarini real vaqt rejimida to‘ldirib, bojxona organlariga taqdim etadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi