08:58 / 22.06.2018
4 185

«O‘zbek valyutasida bondlarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi tom ma’noda tarixiy hodisa»

«O‘zbek valyutasida bondlarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi tom ma’noda tarixiy hodisa»
Kecha London fond birjasida o‘zbek so‘mida nominallashtirilgan Samarkand Bonds obligatsiyalari rasman sotuvga qo‘yildi. Shu munosabat bilan rasmiy marosim ham bo‘lib o‘tdi.

“Dunyo” AA yozishicha, uning umumiy hajmi 80 milliard so‘m(10 million AQSh dollari) bo‘lib, qarzni uzish muddati ikki yil va yillik stavkasi 9,5 foizga teng. Kelib tushgan mablag‘lar O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni loyihalarini moliyalashtirish uchun “Hamkorbank”da milliy valyutada kredit liniyasini ochishga sarflanadi.

London fond birjasi bosh ijrochi direktori Nixil Ratining so‘zlariga ko‘ra, mazkur voqea nafaqat O‘zbekistondagi kompaniyalar rivojlanishi uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb etish imkonini beradi, balki o‘zbek milliy valyutasining xalqaro imijini oshirishga turtki bo‘ladi. Moliya vazirligi London siti ishlari bo‘yicha vaziri Jon Glen o‘zbek valyutasida bondlarni muvaffaqiyatli joylashtirilishini tom ma’noda tarixiy hodisa deb atadi.

Uning fikricha, O‘zbekiston va birja o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning ravnaq topishi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘taradi.

O‘z navbatida O‘zbekistonning sarmoyaviy va mamlakatni xalqaro kapital bozorga chiqish imkoniyatlariga bag‘ishlangan davra suhbati ham tashkil etildi. Tadbirda investitsion banklar va jamg‘armalar, xalqaro moliya institutlari, Britaniya ishbilarmon va rasmiy doiralari vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro sarmoyadorlar mamlakatning suveren reyting olish, davlat obligatsiyalari va korporativ bondlar chiqarish bo‘yicha rejalariga qiziqish bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » «O‘zbek valyutasida bondlarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi tom ma’noda tarixiy hodisa»