11:57 / 13.07.2018
3 772

O‘zbekistonliklar MDH davlatlari valyutalarida hisob raqamlar ochishi mumkin

O‘zbekistonliklar MDH davlatlari valyutalarida hisob raqamlar ochishi mumkin
O‘zbekiston banklarida yaqin vaqt ichida MDH mamlakatlari milliy valyutalarida hisob raqamlari ochish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar bermoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov MDH mamlakatlari tomonidan tuzilgan Davlatlararo banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda bu haqida ma’lum qilindi.

“Xususan, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki qadam sifatida MDH mamlakatlari milliy valyutalarida o‘zaro korrespondentlik raqamlarini ochish imkoniyati muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

To‘lovlarni amalga oshirishda Davlatlararo bank to‘lovchining mamlakati milliy valyutasi oluvchining mamlakati milliy valyutasiga konversiya qilinishini ta’minlaydi.

Avvalroq O‘zbekistonda Qozog‘iston banki ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonliklar MDH davlatlari valyutalarida hisob raqamlar ochishi mumkin