O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirdi

  • Iqtisodiyot
  • 12-08-2018, 14:20
  • 815
  • Ўзбекистон бензин ишлаб чиқаришни кўпайтирди
    Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.

    Xususan, respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi ortdi - 10,2 foizga. 2017 yilning shu davrida 638,7 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilda - 657,1 ming tonna.

    Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatildi - 11,7 foiz. 2017 yilda 553 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilda 650,6 ming tonna.

    Portlandsement hajmida pasayish kuzatildi - 9,2 foiz (2017 yilning shu davrida 4970 ming tonna, 2018 yilda - 4590,7).

    Bundan tashqari, O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqarish hajmi 7,5 foizga oshdi. 2017 yilning shu davrida - 322 dona, 2018 yilda - 2406.

    » » O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirdi
    Яндекс.Метрика