Joriy yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali yuborilgan pul miqdori oshdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilingan.
Qayd qilinishicha, joriy yilning I choragida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali 950 mln. dollar miqdoridagi valyuta mablag‘lari kirib kelgan bo‘lsa, II chorakda ushbu ko‘rsatkich 1,4 barobarga oshib 1 335 mln. dollarni tashkil etdi.
O‘z navbatida, tijorat banklari tomonidan I chorakda aholidan 420 mln. dollar miqdoridagi (3,4 trln. so‘m) xorijiy valyuta sotib olingan bo‘lsa, II chorakda ushbu ko‘rsatkich 2 barobarga oshib 868 mln. dollarni (6,9 trln. so‘m) tashkil etdi. Mazkur holat naqd pulga bo‘lgan 3,5 trln. so‘mlik qo‘shimcha talabni yuzaga keltirdi.
Shu bilan birga, aholi tomonidan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlashga bo‘lgan talabning oshishi milliy valyuta kursining joriy yil boshidan mustahkamlanib borishi bilan ham izohlanishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi