13:58 / 16.08.2018
7 579

O‘zbekistonning eng katta zavodlaridan biri bankrot bo‘ldi

O‘zbekistonning eng katta zavodlaridan biri bankrot bo‘ldi
Samarqandda joylashgan «Sino» AJ sovutgichlar zavodi sud tomonidan bankrot deb topildi, deb xabar qilmoqda "Hordiq" nashri.

Sino zavodi bu yil 45 yoshga to‘lgan edi. 1973 yilda qurilgan zavod «Pamir», «Snejinku», «Samarkand», «SINO» brendlari ostida mahsulot ishlab chiqargan. Zavod quvvati yiliga 250 mingta sovutgich ishlab chiqarishga moslashgan.

Samarqandda ishlab chiqarilgan muzlatgichlar Polsha, Afg‘oniston, Xitoy va boshqa mamlakatlarga eksport qilingan. 1991 yilda «Sino» zavodi 211 mingta muzlatgich ishlab chiqargan edi.

So‘nggi 25 yilda zavod LG Electronics, Guangzhou Kinte Industrial kabi xorijiy brendlar bilan hamkorlikda mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va bir necha millionlab dollar sarmoyalar kiritilgan bo‘lsada, bugungi kunda respublikaning boshqa zavodlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan raqobatga dosh bera olmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonning eng katta zavodlaridan biri bankrot bo‘ldi