09:50 / 18.02.2015
7 653

Rossiyada evroning rasmiy kursi 71,3 rublgacha tushib ketdi

Rossiyada evroning rasmiy kursi 71,3 rublgacha tushib ketdi

Rossiya Markaziy banki tomonidan evroning 18 fevralga belgilangan rasmiy kursi 71,32 rublni tashkil qildi, ya’ni 22 tiyinga arzonlashdi. Dollar esa, aksincha, 17 tiyinga qimmatlashib, 62,84 rublni tashkil qildi.

Brent neftining Londondagi ICE birjasidagi narxi 62,04 dollarni tashkil etdi.

16 dekabr kuni Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 10,5 foizdan 17 foizga ko‘tarishga qaror qilgan edi. O‘sha kuni birja savdolari paytida evro 100 rubldan, dollar esa 80 rubldan yuqoriroq narxda sotilgan.

30 yanvar kuni Markaziy bank direktorlar kengashi qayta moliyalash stavkasini 17 foizdan 15 foizga tushirishga qaror qilgan. Markaziy bank stavkaning 17 foizga ko‘tarilishi infyalsiyaning muvozanatlashishi hamda “Rossiya banki kutgan” devalvasiyaga olib kelganligini ma’lum qilgan. Qayta moliyalash stavkasining kamaytirilishi to‘g‘risidagi xabardan keyin Moskva birjasida dollarning narxi 71 rublga, evro narxi esa 80 rublga tushgandi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyada evroning rasmiy kursi 71,3 rublgacha tushib ketdi