Buzoq burjining boshqa burjlar bilan munosabatlari qanday?

  • 17 aprel 2016, 23:36
  • 16 728
  • Hayot tarzi

  • Ayol. Uning o‘zi sizni sevmasa, hamma urinishlaringiz befoyda. Buzoq-ayollar yaxshi kiyinishni, dang‘illama uy-joyda turishni istashsa-da, sharoitga tez ko‘nikishadi. Uncha rashkchi emas. Unga aslo xiyonat qilmang. Ojiz erkaklarni yoqtirmaydi. Buzoq-ayol – oila ma’budasi.

    Erkak. O‘ta xayolparast. Unga qo‘pol va talabchan ayollar yoqmaydi. Ular o‘zga jinsga kamdan-kam ko‘ngil qo‘yadi. Buzoq- erkak uchun moliya masalasida deyarli muammolar bo‘lmaydi. Har tomonlama mukammal erkak. U bilan har qanday ayol xotirjam yashaydi.

    BUZOQ – QO‘Y. Munosabatlarda Qo‘y ko‘proq hissiyotlarga e’tibor beradi. Buzoq esa amaliy xarakterga ega. Agar Buzoq Qo‘yga o‘zi ish tutishiga imkoniyat bersa, o‘rtalarida yaxshi munosabatlar boshlanishi mumkin. Munosabatlarda ko‘p tortishuvlar bo‘ladi, shuning uchun ularning munosabatlari uzoq davom etmaydi.

    BUZOQ - BUZOQ. Barcha masalalar bo‘yicha gaplari unchalik to‘g‘ri kelmaydi .Ayollari ko‘proq romantik. Erkaklari esa ko‘proq jiddiy va ko‘proq erkaklar davrasida vaqt o‘tkazishni xush ko‘radi. Buzoq ayol yolg‘onga chidamaydi. Munosabatlari yaxshi bo‘lishi mumkin, ammo oila taqdiri haqida oldindan aytish qiyin.

    BUZOQ – EGIZAKLAR. Bular bir biriga umuman o‘xshamasa ham, munosabatlarning boshida bir birining qiliqlari va xarakteri ularni bir biriga tortadi. Ammo vaqt o‘tib Buzoqning asta-sekinlik bilan ishlashi chaqqon Egizaklarning joniga tegadi. Rangsiz munosabatlar va oila unchalik yaxshi emas.

    BUZOQ – QISQIChBAQA. Qisqichbaqaga xos hususiyatlar Buzoqqa juda yoqadi. Buzoqning jiddiyligi esa Qisqichbaqaga xush keladi. Dunyoqarashlari ham to‘g‘ri keladi. Agar ba’zi narsalarga e’tibor bermasalar munosabatlari ham, oila ham yaxshi bo‘ladi.

    BUZOQ – ARSLON. Bu ikkala burj tanishuvining romantik boshlanishi oxirida janjal bilan tugashi mumkin. Chunki ikkalasi ham juda qaysar va ularning tortishuvlari xavfli bo‘lishi mumkin. Arslonning sho‘xligi tinch va yumshoqroq Buzoqning jig‘iga tegishi mumkin. Bular birga yashashi mumkin, ammo uzoq vaqt emas.

    BUZOQ –SUNBULA. Bu ikkala burj bir biriga ko‘p tomondan to‘g‘ri keladi. Ikkalasi ham materialist bo‘lib, uy-ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanishni yoqtiradi. Birgalikda oila qurishsa ajoyib munosabatlar chiqishi mumkin.

    BUZOQ – TAROZI. Buzoqning xo‘jayinlik qilishi romantik xarakterli Taroziga yoqmaydi. Buzoq Tarozini ko‘p rashk qiladi. Ammo Tarozining aqlliligi Buzoqning qaysarligidan ustun chiqadi. Ba’zan bir birini tushuna olmaydi. Munosabatlari boshlanishi bilan oila qurish qiyin bo‘ladi.

    BUZOQ – ChAYoN. Bu ikkalasi munosabatlarda bir biriga qarab ish tutmoqchi bo‘ladi, ammo dunyoqarashlari to‘g‘ri kelmasligi sababli tushunmovchiliklar tug‘ilishi mumkin. Chunki Chayon ko‘p pulni tejaydi va injiqliklari ko‘p, Buzoq esa pulni ko‘p sarflaydi va erkin xarakatni yoqtiradi. Ikkalasining ham mag‘rurligi baland. Munosabatlar qisqa vaqt davom etadi. Oila qurishsa agar, hayoti oson kechmaydi.

    BUZOQ – QAVS. Bir biriga to‘g‘ri keladi, ammo bularning olovli xarakterlari bir birini yondirib kuydirishi mumkin. Ikkinchi tomondan baxs va kelishmovchilik tezda o‘tib ketadi. Birga bo‘lish ikkalasiga ham yoqadi. Ikkalasining ham do‘stlari ko‘p. Dunyoqarashlari ham to‘g‘ri keladi. Ikkalasi ham aktiv dam olishni va sportni yaxshi ko‘radi. Agar bir birini tushunib ko‘p tortishmasa, munosabatlari ham oilasi ham yaxshi bo‘ladi.

    BUZOQ – TOG‘ EChKISI. Bu ikkalasi bir biriga juda mos keladi. Ikkalasi ham uy-ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Pulga va mustahkamlikka munosabatlari bir xil. Buzoq chidamli, Tog‘ echkisi esa oilasi uchun barcha narsaga tayyor. Turli munosabatlar juda yaxshi bo‘ladi va ajoyib oila chiqadi.

    BUZOQ – DALV. Unchalik bir biriga to‘g‘ri kelmaydi . Dalvning ko‘p qiliqlari buzoqqa yoqmaydi, Dalvga esa Buzoqning ziqnaligi yoqmaydi. Ko‘p tortishuvlar bo‘ladi. Dunyoqarashi juda farq qiladi. Shuning uchun munosabatlari og‘ir bo‘ladi. Oila qurib ham bo‘lmaydi.

    BUZOQ – BALIQ. Bu ikkalasi bir xil noziktabiat. Ammo Buzoqning qattiq gapirishlari Baliqqa og‘ir botadi. Baliq Buzoqning qo‘polligidan ko‘p xafa bo‘lib yurishi mumkin. Agar Buzoq kamroq qo‘pollik qilsa va Baliqni tushunishga harakat qilsa, munosabatlar yaxshi kechishi mumkin. Baliq ham Buzoqni to‘g‘ri tushunishga harakat qilishi kerak. Bunda oila ham qurish mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Buzoq burjining boshqa burjlar bilan munosabatlari qanday?