Ruhiy test: Tasavvur olamingiz qanchalik boy?

  • 31 may 2016, 12:12
  • 8 170
  • Hayot tarzi
  • Ruhiy test: Tasavvur olamingiz qanchalik boy?

    Ayrimlar xayollarga berilib, xayolot olamida uchib yurishni yaxshi ko‘radi. Ba’zilar esa barcha ishini ma’lum tartib va qoidalar asosida aniq bajarishni istaydi. Yana bir toifa borki, tasavvur olamiga tayanib ish ko‘radi. Xo‘sh, siz qaysi toifaga mansubsiz? Testimizni ishlab, o‘zingizga baho bering.

    1. Bo‘sh vaqtingizda nima bilan shug‘ullanasiz?
    A. «Odatdagi ishlar bilan» — 0 ball.
    B. «Har safar har xil mashg‘ulot bilan» — 2 ball.
    V. «O‘z ustimda ishlayman» — 1 ball.

    2. Suv sathiga boqqaningizda, nimani ko‘rasiz?
    A. «Faqat suvni » — 0 ball.
    B. «Dengiz ostida yashovchi mavjudotlar va chiroyli toshlarni » — 2 ball.
    V. «Osmonning suvdagi aksini» — 1 ball.

    3. Sizning esingizda yaxshi qoladi...
    A. «Kishilarning o‘zini tutishi, hatti-harakatlari» — 2 ball.
    B. «Yuz qiyofasi va binolalar» — 1 ball.
    V. «Yangiliklar» — 0 ball.

    4. Yangi texnika vositasidan foydalanmoqchi bo‘lganingizda...
    A. «Qo‘llanmasini o‘rganib chiqaman» — 0 ball.
    B. «Shu ishnnig ustalari bilan gaplashaman» — 1 ball.
    V. «O‘z bilganimcha foydalanman» — 2 ball.

    5. Kutilmaganda yomg‘ir yog‘ib qoldi, siz esa ko‘chadasiz?
    A. «Kiyimlarim shaloobo bo‘lib qolishidan xavotirlanib, uyga chopaman» — 0 ball.
    B. «Zavqli-ku axir bu!» — 2 ball.
    V. «Biror pana joy topib, uni maroq bilan tomosha qilaman» — 1 ball.

    6. Siz qaysi tamoyilga asosan kiyinasiz?

    A. «Bejirim va tartibli kiyinishni xush ko‘raman» — 0 ball.
    B. «Kayfiyatimga bog‘liq bu» — 1 ball.
    V. «Zamonaviy ko‘rinishni istayman va albatta boshqalardan ajralib turishim shart» — 2 ball.

    7. Biror topshiriqni bajarayotganda...
    A. «Mas’uliyatni unutmayman» — 0 ball.
    B. «O‘zimga qulay usulda ish ko‘raman» — 1 ball.
    V. «Ishga yangicha yo‘sinda yondoshaman» — 2 ball.

    8. Hayotingiz haqida gapiring deyishsa, siz...
    A. «Hammasini batafsil aytib beraman» — 0 ball.
    B. «Faqat eng qiziqarli voqealarni tilga olaman» — 1 ball.
    V. «Kelajakda kutilayotgan eng yorqin va baxtli onlar haqida gapiraman» — 2 ball.

    9. Biror yangi shirinlik tayyolashni ixtiyor etsangiz ...
    A. «Reseptiga binonan pishiraman» — 0 ball.
    B. «Tajribali tanishlarimdan maslahat so‘rayman» — 1 ball.
    V. «O‘zimning istaklarimdan kelib chiqib istagancha yangilik qilaman» — 2 ball.

    10. Yaqiningizga sovg‘a tanlayotganda...
    A. «Ko‘pincha ro‘zg‘orda asqotadigan narsalarni olaman» — 0 ball.
    B. «Antiqa buyumlar, suvenerlarni ma’qul ko‘raman» — 1 ball.
    V. «O‘zim nimadir yasayman» — 2 ball.

    Javoblar
    15 dan 20 ballgacha: siz judayam tasavvur olami boy insonsiz. Ichki dunyongiz ham boy. O‘zingizga ishonchingiz baland. Doim kutilmagan yangiliklar bilan hammani qoyil qoldirasiz. Hayotingizda biror noxushlik yuz bersa ham, undan chiqib ketishingiz oson. Hech bir ish, narsaga shunchaki qaramaysiz, o‘ziga xos tomonlarini ko‘ra olasiz. Shuning uchun ishlaringiz hamisha besh va doim atrofdagilarning e’tibor-u e’tirofidasiz.

    7 ball 14 ballgacha. Sizni ajoyib xayolparast deyish mumkin. Qiziquvchansiz. Ammo ko‘p vaqtingizni behuda o‘ylarga sarflaysiz. Xayolingizdagilarni amalga oshirishga ko‘p ham harakat qilmaysiz. Biror hodisa yuz bersa, tahlil qilaverasiz-qilaverasiz, natijada echimni topishni unutib qo‘yasiz. Bu sizning rivojlanishingizga ta’sir qiladi. Tasavvurlaringizni xayolga aylanib qolmasin, ularni amalga oshirish sari qadam tashlashga cho‘chimang.

    7 balldan past
    to‘plagan bo‘lsangiz, juda aniq haraktalar bilan harakatlanuvchi tajribali kishisiz. Hammasini aql bilan hal qilishga urinasiz, bu yaxshi, ammo imkoniyatlaringizni chegaralab tashlamayapsizmi? Ichki ovozingizga quloq soling. Yangi ishlarga qo‘l urishdan o‘zingizni olib qochmang.

    » » Ruhiy test: Tasavvur olamingiz qanchalik boy?