Munajjim: Muhabbat bobida kim majnun-u, kim farhod?

  • 17 iyul 2016, 16:56
  • 9 571
  • Hayot tarzi
  • Munajjim: Muhabbat bobida kim majnun-u, kim farhod?

    Munajjimlar sizning burjingiz haqida nima diydi? Siz majnunmisiz yoki Farxod?

    QO‘Y

    Qo‘y jimgina va pinhona sevadi. U izhorni iloji boricha, ortga suraveradi. Mabodo atrofda raqiblar paydo bo‘lsa, sekin otini qamchilaydi va muhabbatini oshkor etib, uning uchun kurasha boshlaydi.

    BUZOQ

    Buzoq oshiqlik bobida Majnun bo‘ladi. Uning sevgilisi tamoman unga tegishli bo‘lishi va itoat etishi kerak. Undan qutulish esa, oson emas. Buzoqlarga rad javobini bersangiz ham, baloga qolasiz.

    EGIZAKLAR

    Egizaklar yurakdan sevadilar. Ular ham muhabbat bobida Majnundan qolishmaydilar-u, ertalab kimningdir kuyida ado bo‘layozgan Egizaklar kechga borib, boshqasining hajrida yonishi mumkin.

    QISQIChBAQA

    Qisqichbaqalar muhabbat bobida o‘ta ehtiyotkor. Ular etti o‘lchab, bir kesadiganlar xilidan. “Unga sevgi izhor qilsam-u, sevgimni mazax qilsa-chi”, degan gumonlar bilan hadiksirab yuraveradilar. Agar ularning sevgisini qabul qilishsa bormi, u sevgilisining hayotini romantikaga aylantiradi.

    ARSLON

    Arslonlar o‘z ma’shuqalarini qattiq sevishsa-da, ular uchun unchalik jon kuydirishmaydi. Arslon uchun o‘zining joni azizroq va buni uning muhabbati ham yaxshi bilishi kerak. Aks holda munosabatlar uzoqqa cho‘zilmaydi.

    PARIZOD

    Parizodlar ilk va so‘nggi marotaba sevib qoladilar. Ular muhabbat bobida o‘ta sodiq va jonkuyar kishilardir. Agar muhabbatini qabul qilishmasa, Parizod istagancha kutishi va sevishda davom etishi mumkin.

    TAROZI

    Tarozilar romantik bo‘lganlari sababli, birovga ko‘ngil qo‘yishni ham bir san’at deb biladilar. Tarozilar sevgilisini qizil atirgullar va ehtirosli she’rlar bilan siylaydi. Biroq bu ehtiroslarning umri qisqa bo‘ladi. Sizga yozilgan she’rlari ertaga yana shunday hayajon bilan boshqasiga bitilishi mumkin.

    ChAYoN

    Chayon o‘zini sevdirishga ustasi farang. Biroq cho‘qqi zabt etilgach, uni yana atrofda boshqa cho‘qqilarning ohangrabosi torta boshlaydi. Uni ko‘pincha mag‘rur ayollargina ado qila olishi mumkin.

    O‘QOTAR

    O‘qotarlar, muhabbat o‘tida kuyish umuman foydasi yo‘q bir ish, deb biladilar. Xo‘sh, bundan nima naf? Avval u meni sevishini aytsin, keyin men o‘ylab ko‘raman, deb hisoblaydilar.

    TOG‘ EChKISI

    Tog‘ echkilari odatda, yurak bilan emas, aql bilan sevadilar. Ular tanlagan ob’ekt har tomonlama talabga javob berishi kerak. “Muhabbatning ko‘zi ko‘r” iborasi aslo ular uchun emas. Shuningdek, sevdirishning ham ko‘pincha uddasidan chiqa oladilar.

    QOVG‘A

    Qovg‘alarning muhabbati xuddi onaning bolasiga bo‘lgan mehriga monanddir. Ular o‘z muhabbatining doim ko‘ngliga qaraydilar va asrab-avaylaydilar. Mabodo rad javobini olsalar, buni ham to‘g‘ri tushunadilar.

    BALIQ

    Baliqlarning muhabbati zabt etib bo‘lmas cho‘qqiga o‘xshashi kerak. Ular uni uzoqdan azoblanib sevib, yana rohatlanadilar ham. Ularning muhabbati pok va ko‘pincha qalblarida bo‘ladi. Unga yaqinroq kelgach esa, muhabbatning so‘nishi ham hech gap emas.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Munajjim: Muhabbat bobida kim majnun-u, kim farhod?